Nasiya biznesi uchun
mukammal tizim

Shartnoma, to‘lov, kassa, iCloud, undiruv, investorlar va xodimlar — Google Sheets o‘rniga bitta aqlli tizim!

Kim uchun: telefon nasiyasi bilan shug‘ullanuvchilar uchun

ilevel — Boshqaruv paneli
ShartnomaKassaUndiruvInvestorlarXodimlarHisobotlarIMEI nazoratiEslatmalarRuxsatlarTelegram bot
iPhone 17 Pro MaxiPhone 16 ProiPadMacBookApple WatchSamsung GalaxyiPhone 15RedmiiPhone 13

Nasiya bazasi Google Sheets’da! Tanish holatmi?

Mijozlar va yozuvlar ko‘paygani sari jadval sekinlashadi, xatolar ko‘payadi, ma’lumotlar yo‘qolishiga olib keladi 😱

Formula buziladi

Bitta noto‘g‘ri katak butun hisobni chalg‘itadi — xatoni oylar o‘tib topasiz.

Kim nimani o‘zgartirdi?

Jadvalda tarix yo‘q: summa qachon, kim tomonidan o‘zgargani ko‘rinmaydi.

Kechikkanlarni qo‘lda qidirish

Har kuni kim to‘lamagani, necha kun kechikkanini satrma-satr tekshirasiz.

Kassa mos kelmaydi

Naqd, karta, terminal aralashadi — pul qayerga ketgani noma’lum.

Investor foydasi kalkulyatorda

Kimning puli qaysi telefonda ishlagani va foydasini har oy qo‘lda hisoblaysiz.

Hamma hamma narsani ko‘radi

Jadvalni ochgan xodim butun moliyani ko‘radi va o‘zgartira oladi.

Malika bozori, A19 do‘kon

Nima uchun aynan ilevel?

Chunki bu tizimni biz o‘zimiz uchun, o‘z og‘riqlarimizdan kelib chiqib qurdik.

Avval — Google Sheets

  • Hisobot, moliya, nasiya — har biri alohida jadvalda
  • Ma’lumot ko‘p — yuritishga alohida ishchi kuchi kerak edi
  • Pulning aniq hisobi yo‘q — doim kimdir jabr chekardi
  • Hisobot chalkashsa — pul chiqmay qolar, mijoz bilan muammo
  • Egasining vaqti kun bo‘yi jadval tekshirishga ketardi

Endi — ilevel nasiya tizimi

  • Hamma narsa bitta tizimda, bitta ekranda
  • Har bir dollar hisobda — kim, qachon, nima qilgani ko‘rinadi
  • Kassa har kuni yopiladi, farq darhol chiqadi
  • Kechikkanlar, investorlar, xodimlar — har biri o‘z joyida
  • Egasi biznesni istalgan joydan, telefonidan kuzatadi
Tizimni chetdagi dasturchilar emas — ilevel’da bir yildan ortiq har bir bo‘limda ishlagan, bu muammolarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan dasturchi yaratmoqda. Shuning uchun har bir tugma — haqiqiy ish jarayonidan.
Bugun bu muammolarning hammasiga ilevel nasiya tizimi to‘liq yechim beradi.

Butun nasiya biznesi uchun bitta yechim

Shartnoma va grafik

Muddatli to‘lov shartnomasi bir daqiqada, oylik grafik avtomatik. Chop etiladigan hujjatlar tayyor.

Kechikkanlar bilan undiruv

Kim necha kun kechikkani rangda ko‘rinadi. Har mijoz undiruvchiga biriktiriladi, qo‘ng‘iroq va va’dalar saqlanadi.

Naqd, karta, terminal — kassa

Har to‘lov qaysi kassaga tushgani aniq. Kassalararo o‘tkazma va har kuni kunni yopish.

Investorlar va foyda taqsimoti

Umumiy qozon yoki maqsadli investor — foyda kelishilgan shartlar bo‘yicha avtomatik hisoblanadi.

Xodimlar va ruxsatlar

Har xodim faqat o‘z ishini ko‘radi. Reja-fakt, sotuvchi va undiruvchi natijalari.

Moliya va hisobotlar

Foyda–zarar, pul oqimi, balans, qarzdorlik — oylar kesimida, bir bosishda.

Xarid va IMEI

Har telefon qayerdan kelib, kimga sotilgani; do‘konlarga qarz nazorati.

Telegram bot

Rahbarga kunlik hisobot, mijozning «to‘ladim» xabari tekshiruvga tushadi.

O‘zimizda sinalgan — har kuni

Tizim ilevel do‘konining kundalik ishida ishlaydi. Raqamlar ham haqiqiy.

0+

shartnoma

0+

mijoz

0+

to‘lov

0+

telefon xaridi

Savollar

Ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Javob topmadingizmi? Telegram’da yozing

Nasiyangizni bugundan tartibga keltiring

Yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — tizimni jonli ko‘rsatamiz.